Navro'z bayrami xalqimizning milliy an'analarga boy bo’lgan, shuningdek sevimli bayrami hisoblanadi. Bu bayram o’zbek xalqida o’zgacha nishonlanadi. Bayram munosabati bilan xalq sayillari uyushtiriladi, yangi ungan ko'katlardan o’zbek milliy taomlari tayyorlanadi, dasturxonlar noz- ne'matlar bilan to'lib toshadi, eng asosiysi esa har bir o'zbek xonadonida doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi. Doshqozonning tepasida uy egalari birin-ketin tilaklar tilay boshlaydilar.
Barchamizga ma'lumki, yurtimizning har bir go'shasida bayram shukuhi kezib yuribdi. Shu jumladan, 19 - mart kuni Xonobod shahrining dam olish maskanida Andijon davlat universitetining "Navro'z" bayrami ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Shu jumladan, qozonlarda milliy taomimizdan bo’lmish palov qozonlarda qaynadi. Tayyorlash jarayoni o’zgacha kechdi, butun fakultet ishtirokchilari Palovni tayyorlashga astoydil bel bog’ladilar. Kimdir o'choqni yoqqan bo'lsa, yana kimdir piyozni qovurishga urindi. Bunday birdamlikdan barchani ko'zi quvnadi.
Milliy taom pishganidan so'ng, Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev barchani kirib kelgan fasllar kelingchagi bo'lmish bahor umumxalq bayrami bilan qutlab bayram tilaklarini bildirib o’tdi.
Ushbu tadbirda har bir fakultetning dekanlari, ustozlari va talabalari o'zlarining chiqishlari bilan bayramga o'zgacha shukuh bag'ishladilar. Ayniqsa, musiqiy ta’lim yo'nalishi talabalari va ustozlari o'zlarining kuylagan dilbar taronalari bilan barchani xushnud etdilar.
O'zimizni milliyligimizni aks ettiruvchi milliy liboslar, taomlar va raqslar yanada tadbirga o’zgacha ko’rk bag’ishladi. Har bir fakultetning ahilligi ularni jamlagan dasturxonida namoyon bo’ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI