
Yoshlar bizni bugunimiz va ertamiz. Kelajagimiz egalari bo’lgan yosh avlodni har tomonlama bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak salohiyatli qilib tarbiyalash bugungi kun talabi.
Ana shunday barkamol va intellektual yoshlarni tarbiyalashda intellektual o’yinlarning o’rni va roli beqiyosdir. “Andijon” viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilayotgan “Intellektual maydon” teleloyihasi ham yoshlarni yuksak tafakkur sohiblari bo'lishida o'z hissasini qo'shmoqda.
“Andijon” viloyat teleradiokompaniyasi va Andijon davlat universiteti axborot xizmati hamkorlikda “Intellektual yoshlar klubi” tashkil etdi. Ushbu klub a’zolari har hafta “Andijon” viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatiladigan “Intellektual maydon” teleloyihasida baxs olib boradilar.
Kuni kecha ushbu ko'rsatuvning Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikdagi ilk soni tasvirga olindi. Unda Andijon davlat universitetining Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabalaridan iborat “Adolat” jamoasi ishtirok etdi.
“Adolat” jamoasi tomoshabinlar tomondan yo'llangan, mantiqqa asoslangan 12 ta savolga javob topishda jamoa bo'lib ishlashdi va loyiha yakunida umumiy natijalar bўyicha 9-2 xisobida g'oliblikni qo'lga kiritib, 7 ochkolik reyting ballariga ega bo'ldi.
Ko’rsatuv har shanba kuni soat 16:30 da “Andijon” viloyat teleradiokompaniyasidan efirga uzatiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI