Zaminimizda dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimiz qadimiy urf-odatlar, an'analarga juda boy. Qadimiy va navqiron bayram hisoblanmish "Navro'z" umumxalq bayrami mamlakatimizda xar yilgidanda yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Andijon davlat universiteti 3-TTJda Fizika matematika fakultetiga talaba-qizlar yotoqxonasida qizlarda milliylikni yanada kuchaytirish, milliy bayram "Navro'z" ni munosib kutib olish maqsadida "Milliy taomlar" tanlovi bo'lib o'tdi.
Mazkur tanlovni baholash uchun fakultet Xotin qizlar qo'mitasi, fakultetning faol ayol o'qituvchilari 3-TTJga tashrif buyurib tayyorlangan har bir taom va shirinliklar o'zgacha uslubda baholandi. Ya'ni taom pishirgan qiz uni qanday milliylikda, to'liq va chiroyli tasvirlashi hamda taom mazasiga qaraldi.
Natijalar esa bayramga bayramona kayfiyatda tenglik asosida yakun topdi. Bu esa do'stlik rishtalarini bayram baxonasida yanada qattiq ulanishiga sabab bo'ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI