Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLAR ITTIFOQI FAKULTET KENGASHLARI FAOLIYATI O’RGANILMOQDA
2019-03-16    4865

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti Kengashi tashabbusi bilan hozirda faoliyat olib borayotgan 9 ta fakultetda Yoshlar ittifoqi faoliyatini o'rganish va tahlil jarayonlari boshlandi.

Dastlab yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisining ish faoliyati o'rganildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshkang'ich tashkilot yetakchisi E.Xolmirzayev fakultetda erishilgan yutuq va natijalar, ularning samaradorligi haqida so'z yuritgach, mavjud muammolar yuzasidan o'z takliflarini berdi. Shuningdek, mavjud muammolar yechimi uchun barcha shart sharoitlarni yaratishga harakat shu yerning o'zidan boshlandi. Misol uchun bu yil bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida Andijon viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra tez orada "Talaba-ish beruvchi" tamoyilini qo'llab, xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari bilan kelishgan xolda yangi MTM larga ishga joylash jarayonlarini hozirdan boshlash, fakultetda "Tarbiyachi - talaba" ko'rik tanlovini yuqori saviyada tashkil etish, maktabgacha ta'limga oid qaror, nizom, farmoyishlardan  iborat savollar tuzgan xolda fakultetda "Zakovat" intelektual o'yinini rivojlantirish bu bilan esa ham siyosiy, ham malakaviy bilimini mustahkamlash ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari fakultetda yangi to'garak " Defektologiya" to'garagini tashkil etish borasida o'z fikrlarini bildiradi. Bu esa fakultet yoshlarini tizimga, olib borilayotgan siyosatga yanada ishonchi ortishiga sabab bo'ldi.

 

 

 

Tursunov Olimbek
Yoshlar ittifoqi faoli, Mexanika yo'nalishi talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.