
Yurtimizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, orzu – umidlarini ro’yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O’g’il qizlarning har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs sifatida tarbiyalash masalasiga o’ziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari tizimli ravishda takomillashib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risi"da 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi "O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risi"dagi PQ-3138-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda o'quvchi-talabalarning ijtimoiy muammolarini o'rganib, ularga amaliy ko'maklashish maqsadida "Vazir va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, bugun 15-mart kuni soat 10:00da Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliginng majlislar zalida videoselektor shaklida bo'lib o'tdi.
Muloqotda joylardagi OTMlarda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda iqtidorli va tashabbuskor talaba-yoshlar vakillari ishtirok etdi. Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida Andijon viloyatidagi OTM lar yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda talabalar videomuloqotda ishtirok etdilar.
"Vazir va yoshlar" ochiq muloqotida asosiy e'tiborni oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar hamda 31 yoshdan oshmagan ilmiy tadqiqotchi va professor-o'qituvchilarning o'quv jarayoni, ilm-fan, ta'limdagi islohotlar va ijtimoiy hayot bilan bog'liq muammolariga qaratilgan bo’lib, dolzarb bo’lgan masalalar o’rtaga tashlandi.
Xususan, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish; to‘lov-kontrakt asosida o‘qish shartlari va stipendiya; imkoniyati cheklangan va nogironligi bor talabalarning o‘qish uchun zarur sharoit, turar joy hamda maxsus adabiyotlar bilan ta’minlanishi; xorijda ta’lim olish va boshqa mavzularda qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi.
Videomuloqotda Inomjon Majidov yoshlar o’z oldida paydo bo’lgan muammoni aylanib o‘tishga emas, balki ularni yengib o‘tishlari lozim ekani, ayni damda talabalar uchun ko’plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotgani va kelajakda yanada keng imkoniyatlar yaratilishi, biroq, imtiyozlarga tayanib qolish kelajakda mehnat bozoridagi raqobatga dosh berishga to‘sqinlik qilishi mumkinligi ta’kidladi.
Ikki soatdan ko’proq davom etgan suhbat yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan va qiynayotgan masalalar yuzasidan savol va takliflari bilan tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar to‘liq ko‘rib chiqilishi qayd etildi. Uchrashuvda talabalar o’zlarini qiziqtirgan va qiynayotgan savollariga javob topdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI