Andijon Davlat
Universiteti
22-MART – BUTUNJAHON SUV KUNI MUNOSABATI BILAN RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI O’RTASIDA TURLI TANLOVLAR TASHKIL ETILDI: “ECOLIFE” SOVRINDORLAR QATORIDA
2019-03-15    5052

2019-yilning 12-14-mart kunlari Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, O’zbekiston respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa ittifoqining O’zbekiston delegatsiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti hamkorligida 22-mart – BUTUNJAHON SUV KUNI munosabati bilan “Suv muammosi – jamiyat muammosidir: hech kim nazardan chtda qolmasligi kerak” shiori ostida respublika oliy ta’lim muassasalari o’rtasida turli tanlovlar o’tkazildi. Tanlovda Andijon davlat universitetining ''Ecolife'' jamoasi ham ishtirok etdi.

Tanlovlarda 36 ta oliy ta’lim muassasalari g’oliblik uchun bellashdilar.

Musobaqalarning birinchi kunida har bir OTM jamoasi o’z qo’llari bilan chizilgan, suvning inson va yer kurrasidagi jonzotlar hayotida tutgan o’rni, uni isrof qilishning oqibatlarini aks ettiruvchi rasmlar tanlovi o’tkazildi.

Ikkinchi kuni esa, har bir OTM 5 kishidan iborat jamoa shakllantirib, “Suv – hayot manbai” mavzusida intellektual o’yin o’tkazildi. Ishtirokchilar o’zlarining ekologiya va suv, uni tejashga oid bilimlarini savol javoblar orqali sinab oldilar.

Musobaqaning uchinchi kunida “Suvdan foydalanish madaniyati” mavzusidagi taqdimotlar va videoroliklar tanlovida har bir jamoa o’zlari tomonidan ishlangan taqdimot va videoroliklarini namoyish qildilar.

Andijon davlat universitetining “Ecolife” jamoasi o’tkazilgan barcha tanlovlarda munosib ishtirok etib, peshqadamlar safida bo’ldilar va tashkilotchilarning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Quvonarlisi, “Ecolife” jamoasi a’zosi Omonov Doniyorbek “Suvdan foydalanish madaniyati” mavzusidagi taqdimotlar va videoroliklar tanlovida faxrli 3-o’rinni egalladi.

Asosiysi, ushbu tanlovlar yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, suvni tejash, uni isrof etishning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirib, jamiyatda bu kabi holatlarni oldini olishni keng targ’ib qilishga yanada ko’proq imkoniyatlar yaratdi.

  

 

Omonova Yulduz
Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.