DARYOSAN, AYOL!
Kimki boqsa ko'zlaringga ziyosan, ayol,
Go'yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol!
Qoshlaringga, ko'zlaringga nur bersa ham tun,
Dili pok-u mo'jizakor samosan ayol!
Yetti xil rang kamalakdan, gullardan ifor
Olgansan-u musaffosan, safosan, ayol!
Ohu kabi nafissan-u noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan, turfa gulsan, ayol!
Bulbul olgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan, sabosan, ayol!
Sochlaringni havas qildi, majnuntol ko'rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol!
Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo'lsa, fidosan, ayol!
Qachon ko'rsang Sadoqatni, erka qushman deb
Har sohada javlon urgan, DARYOSAN, AYOL!
(Olimjon Rahimov)
Bahor faslining betakror bayramlaridan biri bu – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni. Bu bayramni barcha intizorlik bilan kutadigandek. Tabiat ham o’zgacha, fusunkor va jozibali ko’rinish oladi. Bu bayram har yili Respublikamiz bo'ylab keng miqiyosida nishonlanib kelinadi. Yurtimizda ayollarga berilayotgan cheksiz hurmat va e'tibor har bir insonning qalbini larzaga keltiradi. Negaki, Mustaqillikdan oldingi davrlarda bunday hurmat va e'tiborni xalqimiz faqatgina orzu qilar edi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng opa-singillarimiz, nafaqat ayollar, balki butun O'zbekiston uchun ham cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi, desam mubolag'a bo'lmaydi.
Muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 1999-yilning "Ayollar yili" deb e'lon qilingani, shu yili iqtidorli qizlarimiz uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofotining ta'sis etilishi hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Mo'tabar ayol" ordeni ta'sis etilishi ham yurtkmizda hech bir davlatda mavjud bo'lmagan, ayollarga berilayotgan hurmat va e'tibordan darak berib turibdi.
Shunday ekan, men shu fursatdan foydalanib, Respublikamizdagi barcha ayollarni, opa-singillarni, universitetimizda ta'lim berayotgan barcha ustozlarimizni, shu jumladan, universitetimiz "Qizlarjon klubi" a'zolarini hamda klub rahbari Umidaxon Ahmedovani, Fizika-matematika fakultetining jonkuyar ustozlari: Kamola opa Turg’unova, Mamajonova Ma'mura opa va boshqa ustozlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum hech qachon arimasin AZIZ VA MO'TABAR AYOLLAR!!!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI