Andijon Davlat
Universiteti
SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL
2019-03-06    4649

Ayol bilan olam munavvar. U mehribon ona, vafoli yor, soliha farzand. Har qancha ta’rifga til ojiz bo’lgan bu zot ojiza deb ta’riflansa-da, unda butun olam qudrati mujassam.

8-mart butun dunyoda Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida kenh nishonlanib kelinadi. Universitetimizda ham bahoriy kayfiyat, o’zgacha shukux hukmron. Barcha fakultetlarda ayollarimiz sharafiga bayram tadbirlari, badiiy kechalar o’tkazilmoqda. Barcha yigitlar-u erkaklar o’z kursdoshini, kasbdoshini ko’nglini olish, bayram bilan tabriklashga tutingan.

Bugun universitetimiz majlislar zalida ayollarimiz sharafiga katta bayram ko’ngilochar tadbiri tashkil etildi. Unda barcha ayol professor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar ishtirok etib, madaniy hordiq chiqardilar.

Universitet rektori A.Yuldashev xotin-qizlarga bayram tabrigini yo’llar ekan, -Biz hayotimiz ma’no-mazmuni va go‘zalligini birinchi navbatda barchamizni dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan muqaddas Ona siymosida, ayol timsolida ko‘ramiz, zotan, ayol Yaratganning tengsiz mo‘jizasi, - ekanligini ta’kidladi.

Bayram tadbiriga taklif etilgan xalqimiz qalbida chuqur o’rin egallagan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Ilhom Jo’rayev, Sanobar Rahmonova, hushovoz xonanda Ixlosbek Jo’rayevlar o’zlarining go’zal taronalari bilan tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo’ldilar.

Bayram tadbiri barchada yorqin taassurotlar qoldirdi.

 

ADU axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.