Ayol go'yoki 8-mo'jiza, bir qiyofada u ham ona, ham singil, ham shifokor, ham pazanda, ham ustoz, albatta uning qirralari beqiyosdir. Shunday ekan, ularni nafaqat 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kunida, balki, har doim e'tibor markazida tutishimiz lozim. Bu kun har bir ayolga o'zgacha shukuh bag'ishlaydi. Bugun pedagogika fakulteti "Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish" yo'nalishining talabalari "Ayol - go'zallik va nafosat timsoli" nomli badiiy kechasini o'tkazdilar. Badiiy kechada fakultet dekani Ch.Shakirova, barcha ustozlar va pedagogika fakultetining talabalari ishtirok etdilar.
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg'ubor mushtipar ayol
Bo'ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol
Badiiy kechaning ochilishidan so'ng, tadbir qatnashchilari onalarimizni, ayollarimizni madh etuvchi she'rlar aytishdi. Ifodali o'qishdan keyin oqila, go'zal, qalbi daryo bo'lgan onalarimizni aks ettirgan sahna ko'rinishi hammani o’ziga jalb etdi. Avvalo, ayol deganda munis, qalbi pok onalarimiz ko'z oldimizga keladi. Bir qo'lida beshikni tebratsa, yana bir qo'lida dunyoni tebratadi.
Tadbir davomida 202-guruh talabasi Abdullayeva Zilola onalarimizga bag'ishlangan qo'shiq ijro etdi. Albatta, har qanday tadbirni musiqiy ta'lim yo’nalishi talabalarisiz tasavvur qilaolmaganimizdek, sahnada jonli ijroda "Tojik xalq termalari" nomli musiqiy chiqish namoyish etildi. Musiqa ta’limi yo’nalishi 202-guruhining dilga yaqin kuy va raqs ijrolari tomoshabinlarga yanada ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tadbir so'ngida ishtirokchilar tabrik she'rlari va har bir ayolga hurmat ehtirom bilan gullar tarqatib nihoyalashdi.
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko'nglingiz doim beg'ubor bo'lsin.
Yangi ochilgan gul "Lola" misol,
Lablarizda doim tabassum bo'lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanho.
"8-MART" Ayyomingiz muborak bo'lsin!!!
Pedagogika fakulteti dekani Ch.Shakirova va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Q.Nuriddinovlar so'zga chiqib, ishtirokchilarni tashakkurnomalar bilan taqdirlab, esdalik sovg'alari ulashdilar.
Ayollarni qadrlash, e'zozlash va 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan uyushtirilgan badiiy kecha barcha ayollarga xursandchilik olib keldi. Ayol borki olam munavvar!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI