Andijon Davlat
Universiteti
BOQIRNING “SOG‘INCH” NOMLI KITOBI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
2019-03-02    3759

Adabiyot inson ko’nlining eng nozik torlarini chertuvchi ajib hodisadir. U insonga badiiy zavq berish bilan bir qatorda uni tarbiyalaydi, ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. Yoshlarni adabiyot bilan oshno etish, ular qalbida adabiyotga muhabbat urug’larini qadash orqaligina biz uni saqlab qolamiz, kelajak avlodga yetkazamiz. Andijon davlat universiteti filolog olimlari va ijodkorlari bu jabhada qizg’in mehnat qilmoqdalar.  

Xususan, 2019 yil 28 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Viloyat Axborot-rusurs markazida Andijon davlat universiteti o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari D.Quronov, H.Karimov, Z.Mamajonov, D.Abdullaeva hamda o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari, Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi a’zolari, ijodkorlar, adiblar, iqtidorli talabalar ishtirokida Omonillo Valixonov (Boqir) ijodi va uning yangi nashr etilgan “Sog‘inch” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari ijrosida Boqir g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari va yozuvchilar Boqir ijodi bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy ruhda o‘tgan tadbir sifatida qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi deyish mumkin.

 

 

 

 

K.Shahobov
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.