Andijon Davlat
Universiteti
YOSH IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV
2019-03-01    4095

Adabiyot – tom ma’noda inson qalbining iniko’sidir. Inson qalbi naqqoshlari bo’lmish shoir va yozuvchilarni yoshligidan parvarish qilib, to’g’ri yo’l ko’rsatilsa, ular ijodida iste’dod va mehnat uyg’unlashtirilsa albatta, jamiyat uchun foyda. Andijon viloyati ijodkorlarining “Nafosat” klubi ham yosh ijodkorlarni yo’naltiruvchi badiiy jamoalardan biri.  

Kuni kecha universitetning ijodkor talabalari bilan Andijon viloyati ijodkorlari, “Nafosat” klubi vakillari bilan ijodiy uchrashuv-muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Nafosat” klubi rahbari, ijodkor G‘ani Majid boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbirda filologiya, pedagogika, xorijiy tillar, ijtimoiy iqtisodiyot fakultetidan tashrif buyurgan ijodkor yoshlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar.

Shuningdek, ular G‘ani Majid va Orifjon Melievlarga ijodkor talabalarning ijodiy ishlaridan namunalarni to‘plam holiga keltirib, chop ettirilishini taklif etdilar. Samimiy va ijodiy ruhda kechgan tadbirda talabalarning taklifini hayotga tatbiq etishga kelishib olindi.

 

  

 

K.Shahobov
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.