Kecha, 27-fevral kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida universitet talabalari uchun jinoyatlarni oldini olish va jinoyatlar profilaktikasi bo’yicha tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda barcha fakultetlardan bir guruh talabalar, professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbirga Milliy gvardiya markaziy apparati vakillari, Andijon viloyat IIB yoshlar bilan ishlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va inspektorlari tashrif buyurishdi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yoshlar o’rtasida suitsid (o’z joniga qasd qilish) ni kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatlar sonini kamaytirish va butunlay yo‘q qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida foydali ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Barcha talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbirda faol ishtirok etishdi va savollariga tegishli javoblar olishdi. Bo‘lib o‘tgan tadbirdan barcha talabalar o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarib olishdi.
Talabalar vakili sifatida shuni aytmoqchimanki, biz yoshlarning bu boradagi asosiy maqsadimiz jamiyatda, tengdoshlarimiz o’rtasida turli jinoyatlarni kelib chiqish sabablarini o‘rganib, ularni oldini olish bo’lib qoladi. Biz oldimizga xalqimizga kerakli, yuksak salohiyatli kadr bo‘lib yetishish kabi oliyjanob niyatlarni qo’yganmiz va bu yo’lda doimo izlanishda bo’lamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI