Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA KONSTITUTSIYAMIZ TARIXIGA BAG'ISHLANGAN KITOB TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI
2019-02-27    4934

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak na’munasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugun Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, huquqshunos olim, akademik A.Saidovning “O‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixi” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Unda “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Asqarov, ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani O‘.Ubaydullaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Ismoilov, fakultetning “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar. Dastlab, fakultet dekani O‘.Ubaydullaev so‘z olib, ayni chog‘da O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy va xalqaro axamiyatini hamda konstitutsiyaviy normalarini hayotga tatbiq etish samaralarini targ‘ib va tashviq qilish mamlakatda demokratik huquqiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim huquqiy-ma’rifiy omili bo‘lib xizmat qilishi va shu maqsadda tayyorlangan “O‘zbekiston konstitutsiyasi tarixi” kitobi huquq sohasi bo‘yicha mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, taqdimotda dotsent Sh.Asqarov ham talabalarga konstitutsiyamiz va uning nechog’lik ahamiyatli yuridik hujjat ekanligini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil o‘zbek davlati va jamiyatining asosiy qonuni, u mustaqillikka erishgach o‘rnatilgan ijtimoiy va davlat tuzumi, yangi mulkchilik shakllari, iqtisodiy negizi, mustaqil taraqqiyoti va xalq hokimiyatchiligi, davlat hokimiyati kimga tegishli hamda u qanday shaklda amalga oshirilishi lozimligini o‘zida qonuniy ifoda etishi, asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion, industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos o‘rin egallayotganini aniq misollar bilan tushuntirib berdi.

Darhaqiqat, boshlagan ulkan islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ushbu masalalarning ahamiyati kun sayin tobora ortib borayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.

Aynan shu sababli Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barchamizning sharafli burchimizdir. Bu yo‘lda avvalo, konstitutsiyamizning yaratilish tarixini chuqur o‘rganishimiz darkor. “O‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixi” kitobi esa bu borada bizga yaqindan yordam beradi.

Nodirbekov Furqatbek
 www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.