Andijon Davlat
Universiteti
ISTE’DODLI TENGDOSHIMIZ SAHNADA
2019-02-26    3657

Hozirgi kunda har bir o'sib borayotgan yosh avlodga, uning iste'dodiga alohida e'tibor qaralmoqda. Shu imkoniyatlardan foydalanib pedagogika fakultetining noyob ovoz sohibi Abdujalilov Abdumajid o'zining iqtidorini namoyon etdi. Jonli ijrodagi qo'shiqlari barchani e'tiborini tortdi. Bunday madaniy tadbirlar biz talabalarga ijobiy ta'sir ko’rsatmoqda.

Pedagogika fakulteti musiqiy ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 101-guruh talabasi Abdujalilov Abdumajid Andijon davlat universiteti faollar zalida yakkaxon konsert o'tkazdi. Konsertga universitetimiz rektori A.Yuldashev, fakultetimiz dekani Ch.Shokirova, universitetimiz ustozlari, A. Abdujallilovni ota-onasi hamda barcha talabalar tashrif buyurdilar. Tadbir jud ham chiroyli, qiziqarli va mazmunli o'tdi. A. Abdujallilovning bir necha qo’shig’idan so'ng saxnada QVZ final bosqichining g’oliblari "Og'alar" jamoasi o'z chiqishlarini taqdim etishdi. So'ng Abdumajid yana bir necha chiroyli qo'shiqlarni kuyladi. Konsertdan so'ng saxnaga universitetimiz rektori taklif etildi. Rektorimiz A.Yuldashev A.Abdujallilov va uning ota-onasiga o'z minnatdorchiligini bildirib ularga "Tashakkurnoma" va esdalik sovg’alarini taqdim etdi. Konsert juda ham chiroyli o'tdi.

O’ylaymanki, bunday tadbirlarni ko'proq o'tkazish kerak, chunki oramizda qancha iste'dodli talabalarimiz bor. Ular o'z istedodini namoyish qilishlari kerak, bunda universitetimiz albatta yordam beryapti. A.Abdujallilovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz, unga omadlar va bundanda yuksak sahnalarda konsert berishini tilaymiz.

 

Siddiqova Sevarabonu
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.