Konstitutsiyamizning 2-moddasida belgilanganidek, “Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan "Xalq dardi va tashvishi bilan yashash har bir rahbarning muqaddas burchi" deb aytgan so’zlari, o’z faoliyatida xalq bilan bevosita muloqotni yo’lga qo’yish borasida qilinayotgan ishlar ushbu konstitutsion normaning amalda qo’llanilayotganining yaqqol isbotidir. Barcha darajadagi rahbar xodimlar ham ushbu talablardan kelib chiqqan holda ishlashi zamon talabiga aylangan.
Buni chuqur anglagan universitetimiz ma’muriyati ham ijtimoiy tarmoqlarda talabalar bilan fikr almashish, ularning muammolari va tashvishlarini o’rganish bo’yicha guruh tashkil qilgan. Bundan tashqari universitet rektori va talabalarining jonli muloqotlari ham o’tkazilmoqda. Kuni kecha pedagogika fakulteti talabalari bilan ana shunday uchrashuvlardan biri uyushtirildi. Uchrashuvda universitet rektori A.Yuldashev talabalarning oʻy fikrlari, ularni qiynayotgan muammolarni o’rganish va bevosita talaba yoshlar bilan samimiy hamda jonli muloqot olib bordi.
Universitet rektori A.Yuldashev dastlab so’nggi yillardagi ta'lim sohasidagi o'zgarishlar, hamda universitetimizda 2019/2020 o'quv yilida amalga oshirilishi kutilayotgan yangiliklar haqida talabalarga bir qator ma’lumotlarni berib o’tdi. Xususan, kelasi o’quv yilidan qabul kvotalarining oshirilishi, ta’lim sifatini oshirish bo’yicha ko’rilayotgan choralar, talabalarni xorijiy hamkorlar bilan qo'shma dasturlar asosida o'qitish, jumladan, Rossiya Federatsiyasi Mordoviya davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolanganligi, shartnomaga ko’ra yangi o'quv yilidan boshlab Filologiya (rus tili va adabiyoti) hamda turizm yo’nalishlari bo’yicha bakalavr va biologiya va menejment mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura qabul amalga oshirilishi haqida aytib o'tdilar.
Suxbat davomida talabalar o'zini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Talabalar hayotida mavjud muammolarni bildirdilar. Universitet rektori esa, ushbu muammolar bo’yicha zarur choralar ko’rishi haqida aytib o’tdi.
Talabalar o’zaro muloqotda faol qatnashdilar va juda ko'p savollariga javob oldilar. Musiqiy ta'lim 1-bosqich talabalarining ma'ruza va seminar darslarida O'zbekistonning boshqa oliy ta'lim massasalari professor o'qituvchilarini ham taklif qilish, hamkorlikda ishlash va tajriba almashish haqida aytgan takliflari barchaga ma'qul keldi. Suhbat yakunida esa A.Yuldashev talabalarga o'zining samimiy tilaklarini aytib o'tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI