Andijon Davlat
Universiteti
“OMMAVIY SPORT OYLIGI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILMOQDA
2019-02-22    4966

Bugungi kunda Respublikamizda yoshlar ga oid davlat siyosatini yuritishda keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning ta’lim olishi, jismoniy va aqliy jihatdan sog’lom va baquvvat bo’lib kamol topishi uchun bosqichma-bosqich barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu borada viloyatimizda e’lon qilingan “Ommaviy sport oyligi” ham yoshlarimizni jismonan sog’lom va aqlan kamolga yetkazishda muhim tadbir hisoblanadi.

Universitetimizda ham “Ommaviy sport oyligi” doirasida qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Xususan, 2019-yil 20-fevral kuni Andijon davlat universiteti sport maydonida barcha fakultet talabalari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha  musobaqa bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqa qizg‘in va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Musobaqa qatnashchilari jamoviy tur bo’yicha bellashdilar. Musobaqa dasturidan o’gil bolalar o’rtasida 800 metrga, qiz bolalar uchun 400 metrga yugurish turi bo‘yicha bellashuvlar o‘rin olgan. Xar bir jamoa g‘oliblik uchun bor kuch imkoniyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa natijalari quyidagicha ko’rinish oldi:

 O‘g‘il bolalar o‘rtasida: 800metrga yugurish

I-o‘rin: Fizika matematika fakulteti

II-o‘rin: Tarix fakulteti

III-o‘rin: Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti

 Qiz bolalar o‘rtasida: 400metrga yugurish

I-o‘rin: Fizika matematika fakulteti

II-o‘rin: Maktabgacha ta’lim fakulteti

III-o‘rin: Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti

Musobaqa g‘oliblariga universitet rektorining faxriy yorliqlari, kasaba uyushmasi, yoshlar itifoqi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Q.Mamadaliyev
Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.