2019/2020 o‘quv yili (2019 yil sentabr oyi) dan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida 1 yil davomida stajirovka o‘tash uchun Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va O’zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida 1999 yil 8 noyabrda imzolangan Bitimga muvofiq 20 ta stipendiya xamda Shanxay Xamkorlik Tashkiloti doirasida 20 ta stipendiya, umumiy xisobda 40 ta stipendiya ajratildi.
XXRda yashash va stajirovka o‘tash bilan bogliq barcha xarajatlar (viza, chiptalar muddatini uzaytirish, ortiqcha yuk, Xitoyda tibbiy ko‘rikdan o‘tish to‘lovlaridan tashqari) Xitoy tomonidan, Toshkent-Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qoplanadi.
Shu bilan birga, stajirovka ishtirokchilari o‘rnatilgan tartibga asosan Xitoydan qaytgandan so‘ng bakalavriat, magistratura va doktorantura o‘quv rejalarini to‘liq bajarishlari shart.
Andijon davlat universitetidan 1(bir) nafar nomzod uchun kvota ajratilgan.
Ko‘rsatilgan nomzodlar uchun stajirovka ingliz tilida tashkil etiladi. Shu sababdan ingliz tilini yuqori darajada bilish zarur. Ular bilan tanlangan tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ingliz tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida imtixon o‘tkaziladi. Nomzodlar eng yuqori ball to‘plaganlar orasidan tanlab olinadi.
Andijon davlat universitetidan ko‘rsatiladigan nomzodlar yosh o‘qituvchilar, OTM xodimlari, doktorantlar qatoridan tanlab olinadi.
Nomzod tanlash jarayonida muxandislik-texnik, aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlariga ko‘proq urg‘u berilgan xolda; tanlovga ijtimoiy-siyosiy ta’lim yo’nalishlari kiritilmagan.
Anketalar tashkiliy qo‘mitaning quyidagi Internet-sayti (http://www.csc.edu.cn/studyinchina yoki http://www.campuschina.org) orqali to‘ldirilib, printerdan chiqarilgan xolda topshirilishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro aloqalar bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.
Telefon: + 99890-217-20-76.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI