Andijon Davlat
Universiteti
ZARARLI ILLATLARGA QARSHI KURASH XAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ
2019-02-21    4499

Bugun filologiya fakultetida axborot soatida fakultet talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, korrupsiya va giyohvandlikka qarshi kurashga bag’ishlangan mashg‘ulot o’tkazildi. Ushbu mashg‘ulotni filologiya fakulteti dekani B.Rahmonov va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.B.Shahobov olib bordi. Dastlab, K.Shahobov so‘z olib, o‘z so‘zida bugungi kun yoshlari, xususan, talabalarning yurish-turishi, odob-axloqi, tashqi qiyofasi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyati, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim jarayonlarida internet tarmog‘ining o‘rni kabi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi.

Shundan so‘ng, fakultet dekani B.Rahmonov mashg‘ulot ishtirokchilariga har bir o‘quv mashg‘uloti, ma’naviyat soatlari, reja bo‘yicha va rejadan tashqari o‘tkaziladigan alohida yig‘ilishlar, tadbirlar davomida fakultetning har bir akademik guruhi, har bir talaba bilan targ‘ibot, tushuntirish ishlari olib borilayotganiga qaramasdan, taraqqiyot sari ildam qadam bilan ketayotgan mamlakatimizda jamiyatimizni tanazzul sari yetaklovchi korrupsiya va giyohvandlik kabi salbiy illatlarning uchrayotgani bu boradagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Shundan so‘ng, mashg‘ulot ishtirokchilariga viloyat prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan hujjatli film namoyish etildi.

Jonli muloqot tarzida olib borilgan mashg‘ulotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan muammolar, tushunchalar yuzasidan savollari, fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yuqorida jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi illatlarga qarshi kurashda har bir fuqaro mas’ul ekani, bu muammolarning oldini olish yurt kelajagini belgilovchi omil ekani ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

 

 

K.B.Shahobov
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.