Universitetimizning maktabgacha ta'lim fakulteti o'qituvchisi Madinabonu Tairova 2-talabalar turar joyida o'z navbatchiligini o'tar ekan, u yerda istiqomat qiluvchi qizlar orasida "Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" nomli targ'ibot tadbirini o'tkazdi.
Dastlab, talaba-qizlar turar joylarining sanitariya-gigiyena holatini puxta o‘rganib chiqdi. Kerakli maslahat va takliflarni berib o'tdi. Madinaxon Tairova davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar zamirida oilalar farovonligini ta’minlash, ayol-qizlar uchun munosib sharoitlar yaratish, sog‘lom va barkamol shaxs tarbiyasiga g‘amxo‘rlik mujassam ekanini ta’kidladi.
Sog'lom turmush tarzi – bu oila a'zolarining jismonan, ma'nan, ruhan va intellektual barkamolligini, salomatligini ta'minlashga imkon beruvchi oilaviy udumlar, hatti-harakatlar, malaka-ko'nikmalar va shart-sharoitlar majmuini ifodalovchi kategoriyadir. Sog'lom turmush tarzining eng muhim ko'rsatkichi – bu oilaning barcha a'zolarida sog'lom turmush malakalari, o'z salomatligiga nisbatan mas'uliyat, javobgarlik, g'amxo'rlikning mavjudligi, turli zararli odatlar – chekish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste'mol qilishga ruju qo'ymaslik, muntazam sport bilan shug'ullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishdir, deya aytib o'tdi M.Tairova.
Yuqoridagi kabi tushuntirish ishlari orqali talaba-qizlar o'zlariga kerakli bir qancha bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar, o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI