"Ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yo’lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir. Har bir viloyatda Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini tashkil qilishimiz kerak. Ular universitet va institutlar qoshida tashkil etilsa, ayni muddao bo’ladi. Qatag’on qurbonlari xotirasi bo’yicha maktab darsliklarida maxsus dastur asosida o’qitish tizimini ham ishlab chiqish zarur".
SH.MIRZIYOYEV
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mamlakatimizda muzeylarga ma’naviyat va ma’rifat ulashuvchi, ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatga molik maskan sifatida yondashiladi. Muzey yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shuvchi ko‘makchi maskandir. Mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish maqsadida tashkil etilgan Andijon davlat universiteti qoshidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi” ana shunday maskanlardan biri hisoblanadi.
Kuni kecha ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi talabalari ushbu muzeyga tashrif buyurishdi.
Muzeyga tashrifdan ko’zlangan maqsad birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan avlodda o‘tmish ajdodlarimiz ruhiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, o‘z Ona Vatani tarixiga qiziqishni o‘stirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolalar va o‘smirlarda muzey madaniyatini hamda yoshlarda ma’naviy qadriyatlarga asoslangan vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Talabalar eksponatlarni tomosha qilib, muzey zallari bo‘ylab aylanarkan, qatagʻon siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini, uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini, ilmiy ijodiy merosini oʻrganish jarayonida ham tarixiy davr ruhini, ham axborot texnologiyalardan foydalanib amalga oshirilgan metodikalar vositasida zamonaviy imkoniyatlarini his etishi bilan ularda muzey madaniyati shakllantirildi. Talabalar muzeydan boy ma’naviy ozuqa hamda ulkan taassurotlar bilan qaytdilar. Sizlarga ham ushbu muzeyga tashrif buyurishni tavsiya etamiz zotan "Tarixsiz kelajak yoʻq".
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI