O'zbekiston Republikasi Vazirlar Maxkamasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komisiyasining 2016-yil 15-iyundagi 3-son bayoni bilan tasdiqlangan "Narkotik moddalar iste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo'ycha 2016-2020 yillarga mo'jallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi"ning ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika miqyosida "Yoshlar orasida narkotik vositalarni tarqalishini oldini olish" tezkor-profilaktik tadbiri bo'lib o'tmoqda.
Tadbir doirasida Andijon davlat universitetida ham targ’ibot tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Andijon davlat universitetida viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari Sh.Orziqulov, viloyat IIB SHTBIX boshlig'ining o'rinbosari Z.Ataxanov, viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari D.Mamajonov, viloyat IIB XPB boshlig'i M.Mamirjonovlar “Yoshlarda narkotik moddalar iste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzusida talabalar bilan muloqot o’tkazdilar. Ushbu muloqotda unversitet tabiiy fanlar fakulteti dekani N.To'xtaboyev, universitet tibbiy punkti hamshirasi va universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va marifat bo'limi boshlig'i A.Akbarov, tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'ycha dekan o'rinbosari Y.Tursunov va tabiiy fanlar fakultetining barcha talabalari ishtirok etishdi.
Barcha ma’ruzachilar talabalarga kerakli ma’lumotlarni berib, giyoxvandlik yomon illat ekanligini aytib o'tdilar va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Muloqot davomida o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olgan talabalar kelgusida o’z mahallalarida, tengdoshlari orasida bu illatni oldini olishda faol targ’ibot-tashviqot olib borishlarini bildirdilar.
Mutasaddilar bunday ichki ishlar hodimlari va talabalar o’rtasida bunday muloqotlar barcha fakultet talabalari uchun alohida alohida tashkil netish borasida kelishib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI