asu_logotype
Andijon Davlat
Universiteti
MILLATLARARO ILMIY-IJODIY UCHRASHUV
2019-02-15    3310

Bugun filologiya fakultetida fakultet dekani, dotsent B.Rahmonov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shahobov, dotsent O.Tojiev, dotsent D.Abdullaeva hamda o‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalari va qo‘shni Qirg‘iziston davlatidan tashrif buyurgan tarixshunos olim, adib, Qirg‘iziston Yozuvchilar milliy ittifoqi a’zosi, O‘zbek adabiyoti bo‘limi boshlig‘i Bekjon Ahmedov ishtirokida turkiy xalqlar hamdo‘stlik aloqalari, o‘zbek va qirg‘iz adabiyoti, madaniyati va san’ati borasidagi o‘zaro qardoshlik aloqalari yuzasidan ilmiy-ijodiy uchrashuv-muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli mehmon fakultet talabalariga olamda butun insoniyatning millati, irqi, dunyoqarashi, urf-odatlari va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar o‘zaro samimiy, do‘stona, bag‘rikenglik, ezgulik asosida munosabatlarini tiklasagina, bashariyat tinch, osoyishta, farovon hayot kechirishi mumkinligi, xalqlar birdam, ahil bo‘lsagina, dunyo ilm-fani, madaniyati, san’ati, adabiyoti taraqqiy topishi mumkinligi haqida mazmunli ma’ruza qilib berdi.

Bundan tashqari, mehmon O‘zbekistonda uning Prezidenti tomonidan olib borilayotgan jahoniy o‘zgarishlarga o‘zining alohida e’tirofi va samimiy munosabatini bildirib o‘tdi. Bugun butun dunyoda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi izchil islohotlarni dunyo mamlakatlari kuzatib borayotgani va o‘z navbatida e’tirof etayotganini ta’kidlab o‘tdi. 

 

Shahobov Kamoliddin
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.