Andijon Davlat
Universiteti
BOBUR KITOBLARINI SOVG'A QILAMIZ!
2019-02-15    5183

Kuni kecha butun O'zbekiston bo’ylab shu jumladan, Andijonda ham Andijonimizning asl farzandi Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 536 yilligi keng nishonlandi. Andijon davlat universiteti  Tabiiy fanlar fakultetining bir guruh faol talabalari va O‘zbekiston yoshlar ittifoq Qo‘rg‘ontepa tumani kengashi xamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi va 14-fevral - “Xalqaro kitob sovg’a qilish kuni” doirasida “Siz Boburni bilasizmi?” shiori ostida kitob sovg’a qilish aksiyasi o‘tkazildi.

Ushbu aksiyani o‘tkazish uchun Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi va tuman istiroxat bog‘i xududlari tanlandi. Bu aksiyada Andijon davlat universiteti talabalari va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi sardorlari birgalikda hamyurtlarimiz orasida bo’lib, fuqarolarga Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid savollar berib ularni rag‘batlantirish maqsadida kitoblar sovg‘a qilishdi.

Aksiya davomida Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan 50 dan ortiq kitoblar sovg’a qilindi. Bu esa oddiy xalqimiz orasida Bobur haqida bilimlarni oshirishga va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

A.A.Zokirjonov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.