Kecha xabar berganimizdek, Andijon davlat universiteti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasi Mordoviya davlat universitetida bo’lib turibdi. Delegatsiya tarkibida universitetimiz rektori A.S.Yuldashev, lmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor B.M.Rasulov, xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i F.Sh.Alimovlar bor.
Bugun, 29 yanvar kuni delegatsiyamiz vakillari “Mordoviya texnoparki”ga tashrif buyurib, Mordoviya davlat universitetining "Silikon karbidli yagona kristallarni sintez qilish va qayta ishlash" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanish natijalari mehmonlarda katta taassurot uyg'otdi. Bu yerda Mordoviya davlat universitetining o'qituvchilari "Kvantorium" bolalar texnik parkiga kelgan Mordoviya respublikasining maktab o'quvchilarini o’qitshiga guvoh bo’ldilar.
Bundan tashqari, vakillarimiz geografiya va filologiya fakultetlari bilan hamkorlik o’rnatish masalasini ham muhokama qildilar.
Oldinda tashrif yakunlari bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI