Andijon Davlat
Universiteti
ISLOM TARAQQIYOT BANKI GRANTI
2019-01-28    5278

Islom taraqqiyot bankining 2019-2020 o‘quv yilida o‘qitish va tadqiq qilish uchun e’lon qilingan “Taqdimot dasturi” haqida ma’lumot beramiz. Grantlar bakalavriat, magistratura, aspirantura va doktorantura tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun turli sohalarda beriladi:

Grant quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi:

- o‘qitish qiymati;

- uy-joy xarajatlari;

- oylik stipendiya;

- ikkala tomonda ham xalqaro aviachiptalar;

- xalqaro konferensiyalarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar;

- ilmiy ishlarni yozish bilan bog‘liq xarajatlar.

Tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar hamkorlik modelidan aniqlangan oliy o‘quv yurtlaridan biriga mustaqil ravishda murojaat qilishlari kerak. Bu ro‘yxatga barcha benefitsiar mamlakatlarning eng yaxshi o‘nta universitetlari kiradi, jumladan, Kembrij universiteti, London Qirolicha Meri Universiteti, London Imperial Kolleji, Kopengagen universiteti va MakGilla Universiteti.

Ushbu dastur bo‘yicha batafsil ma’lumot, ishtirok etish shartlari va arizalari IDB veb-saytida mavjud: www.isdb.org yoki www.isdbscholarships.smartsimple.com tanishish va arizalarni jo‘natish kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun barcha kerakli ma’lumotlar IDBga 28 fevral 2019-yilgacha onlayn tarzda yuborilishi kerak.

 Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76.

  

Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.