Andijon Davlat
Universiteti
“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI”
2019-01-26    18985

Korrupsiya nima? Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib,  kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Buni chuqur anglagan universitet rahbariyati ham professor-o’qituvchilar ongiga ushbu jirkanch ishning oqibatlari, uni oldini olish yo’llarini tushuntirish maqsadida viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, barcha professor-o’qituvchilar ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir uyushtirdilar.

Tadbirni Andijon davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Xamraqulov ochib, oliy ta’lim muassasalarida davlat attestatsiya sinovlari jarayonini shaffof, adolatli va qonuniy o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o’tdi. Shu bilan birga ayrim nopok kimsalar tomonidan qonunni aylanib o’tishga intilishlar kuzatilayotganini ta’kidladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu boradagi har qanday qonun buzilish holatlariga chek qo’yilib, tegishli jazoning muqarrarligi ta’minlanayotganligini bildirdi.

Shundan so’ng yig’ilish ishtirokchilariga korrupsiya, uning ayanchli oqibatlariga bag’ishlangan viderolik namoyish qilindi. 

Yig’ilishda so’zga chiqqan viloyat prokurturasi katta tergovchisi R.Raxmonov, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida qilingan ishlar, sodir etilgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqargan shart-sharoitlarga batafsil to’xtalib o’tdi. Bu boradagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Bunday holat mamlakat kelajagiga rahna solishini, shu bois, jamoa orasida ham targ’ibot-tashviqot ishlarini to’xtatmaslikni, professor-o’qituvchilar ongida korrupsiya juda yomon salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi muqarrar ekanini singdirish lozim ekanini ta’kidladi.

Shundan so’ng, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyat boshqarmasi boshlig’i A.Ismoilov so’z olib, o’tgan davr mobaynida korrupsiyaga qarshi keskin kurash amalga oshirilayotgani, bu boradagi jinoyatlarni profilaktikasi bo’yicha keng ko’lamli tadbirlar tashkil etilayotganini qayd etib o’tdi. Bugungi kunda kadrlar masalasi dolzarb mavzuga aylangan bir vaqtda oliy ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarining qayd etilishi O’zbekiston taraqqiyotiga eng katta to’siq bo’lishini qayd etdi. Universitetda bu kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha zarur ko’rsatmalar berdi.

Keyingi navbatda so’zga chiqqan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyat boshqarmasi katta inspektori Z.Jo’raboev, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradigan holatlarga e’tibor berib, kelajagimizni rivojlangan, farovon ko’rishni istasak, bunday holatlarga yo’l qo’ymasligimiz lozim ekanini bildirib o’tdi.

Ushbu masala bo’yicha so’zga chiqqan yig’ilish tashkilotchilari ham korrupsiya yosh avlodni unib-o’sishiga to’sqinlik qilishini, bu bo’yicha avvalo professor-o’qituvchilarga halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushuntirish, ular orqali yosh avlod ongiga ham ushbu tushunchalarni singdira olsakkina ko‘zlangan maqsadga erishishimiz mumkin ekanligini bildirdilar.

Sh.Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.