Andijon Davlat
Universiteti
YANGI YILNI KUTIB OLAMIZ!
2018-12-25    7680

Yangi yil eng sehrli, eng chiroyli, eng qiziqarli bayramdir! Dekabr oyining boshidanoq shahar bayramga tayyorgarlikni boshlab yuboradi: ko’chalar rang-barang chiroqlar bilan to’la, shahar maydonlarida esa ajoyib archalar bezatilgan bo’ladi. Yangi yil doimo kelajakka umid bag‘ishlaydi, ko’plab sovg‘alar va yoqimli tuyg‘ular hadya etadi. Bugun Andijon davlat universitetining pedagogika fakultetida yangi yilga bag‘ishlangan tadbir dasturi bo’lib o’tdi.

Tadbirda fakultetning barcha talabalari o’zlarining bayramona chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ular o’z chiqishlari bilan yangi yil quvonchini ifoda etdilar. QVZ  jamoasining «Pozitiv» guruxi  o’z chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar. Talabalarning bayramona  ertak qahramon liboslari va yangi yil archasi tadbirga ko’tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir so’ngida esa universitetning  jamoatchilik ishlarida faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirildilar.

Omonboyeva Muxlisa
Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.