Andijon Davlat
Universiteti
Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi
2025-08-25    17

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026 oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.