
Universiteti

Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida talabalarning davomat va bilim darajasi qat’iy nazorat qilinadi. Talaba belgilangan me’yorlardan ortiq dars qoldirganda, u akademik qarzdor sifatida qayd etiladi va kursdan qoldirilishi mumkin. Quyida tartib bosqichma-bosqich yoritiladi.
Kredit va soat taqsimoti:
1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
1 kredit – 30 soatga teng;
1 ta fanning 6 krediti = 180 soat;
180 soatning 40% (72 soat) – auditoriya mashg‘ulotlari,
180 soatning 60% (108 soat) – mustaqil ta’limga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismi (yaʼni, 18 soat)ni qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yilgacha oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI