Andijon Davlat
Universiteti
Andijonda IIB inspektor-psixologlari uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari yakunlandi
2025-08-27    21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ–110-sonli qarori hamda Ichki ishlar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik asosida Andijon viloyatida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining (katta) inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan 10 kunlik o‘quv-seminar mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Seminar mashg‘ulotlari Andijon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” hamda “Bola psixologiyasi” modullari asosida interaktiv va amaliy usullarda olib borildi.

Bugun, 27-avgust kuni, seminar mashg‘ulotlarining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasida o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunlagan Ichki ishlar organlari xodimlariga rahbariyat tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu seminar mashg‘ulotlari ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy malakasi, psixologik savodxonligi va ijtimoiy vaziyatlarga professional yondashish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.