Andijon Davlat
Universiteti
“Kelajakka qadam” – oliy ta’lim bitiruvchilari uchun imtiyozli kreditlar!
2025-08-27    20

Siz Andijon davlat universiteti bitiruvchisimisiz? O‘z biznesingizni boshlashni, kasbiy faoliyatingizni yo‘lga qo‘yishni yoki amaliy loyihangizni moliyalashtirishni istaysizmi? Unda, siz uchun yangi imkoniyat yaratildi!

“Kelajakka birinchi qadam” krediti:
Kredit maqsadi: Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish
Kredit oluvchi: Ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini-o‘zi band qilgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari
Kredit summasi: 10 mln. so‘mgacha
Foiz stavkasi: yillik 21%
Kredit muddati: 18 oygacha
Imtiyozli davr: 3 oygacha

Ariza topshirish, hujjatlar va kredit shartlari to‘g‘risida barcha ma’lumotlar bilan tanishish uchun: havola

“Kelajakka qadam” bilan orzularingizni amalga oshirish uchun ilk qadamni tashlang!

Murojaat uchun:
+998908114033
+998944137733

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.