Andijon Davlat
Universiteti
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi
2025-08-19    80

Bugun, 19-avgust kuni Andijon davlat universitetida ikkinchi mutaxassislik bo'yicha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan 200 nafardan ortiq talabgorlar uchun o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida universiteti rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev talabgorlarning tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilim darajasi, kasbiy qiziqishi va tayyorgarligini atroflicha baholash muhimligini ta’kidlab, ushbu suhbat jarayonlari ularning salohiyatini aniqlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Shuningdek, suhbat jarayonida ishtirokchilarga Andijon davlat universitetining odob-axloq kodeksi, ichki tartib-qoidalari, kontrakt to‘lovlari miqdori hamda o‘quv mashg‘ulotlariga samarali tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.