Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun (kasbiy) ijodiy imtihonlar boshlandi
2025-08-12    108

Bugun, 12-avgust kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha alohida iqtidor talab qiladigan ta'lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarda jami 9 ta ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 90 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Sinovlar uch smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 16:00 gacha davom etishi rejalashtirilgan.

Mazkur sinovlarning ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda mas’ullar doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda. Sinovlar o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv bilan qamrab olingan bo‘lib, jarayonni real vaqt rejimida live.adu.uz veb-sayti orqali kuzatish imkoni yaratilgan.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun universitetning ikkinchi ma’ruzalar zalida maxsus kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, universitet hududida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.