
Universiteti

Bugun, 11-avgust kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yosh avlodni Vatanga muhabbat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularda milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish maqsadida “Vatan manzumasi” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, taniqli ijodkorlar, harbiy jamoalar va ko‘ngilli talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida taniqli baxshilar tomonidan ijro etilgan ona Vatanni madh etuvchi termalar, o‘zbekona oriyat va sadoqatni ifodalovchi sahna ko‘rinishlari, mashhur va yosh ijodkorlarning Vatanga bag‘ishlangan she’r hamda qo‘shiqlari, shuningdek, harbiy jamoalarning ko‘rgazmali chiqishlari orqali tomoshabinlar qalbida yurtga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Ta’kidlash joizki, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlarga sadoqat, yurtga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda ushbu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI