
Universiteti

Bugun, 11-avgust kuni Andijon viloyatidagi 3-son tergov hibsxonasida xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Zohidjon Hayitmatov ishtirok etib, korrupsiya — davlat va jamiyat rivojiga jiddiy tahdid soluvchi omil ekanini ta’kidlab, uning salbiy oqibatlari, yuzaga kelish omillari va oldini olish yo‘llari yuzasidan batafsil tushunchalar berdi.
Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlari, jinoyat va ma’muriy javobgarlik choralariga oid tushuntirishlar berildi.
Mazkur davra suhbati xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, xizmat vazifasiga halol va mas’uliyatli yondashish ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI