Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12-avgust kuni o‘tkaziladi
2025-08-11    85

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan Andijon davlat universitetining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–avgust kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish grafigi. Imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari:

60210500 – Rangtasvir: Dastgohli;
60211500 – Cholg‘u ijrochiligi;
61010200 – Sport faoliyati: Boks;
61010200 – Sport faoliyati: Futbol;
61010200 – Sport faoliyati: Kurash;
61010200 – Sport faoliyati: Voleybol;
61010200 – Sport faoliyati: Yengil atletika;
61010200 – Sport faoliyati: Badiiy gimnastika;
61010300 – Adaptiv jismoniy tarbiya va sport.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari lozim. Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi.

Eslatma: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

Imtihon joyi: Andijon shahar, Universitet ko‘chasi 129-uy

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.