Andijon Davlat
Universiteti
Yoz faslini nafaqat dam olib, balki foydali bilimlar bilan o‘tkazmoqchimisiz?
2025-08-07    81

Yoz faslini nafaqat dam olib, balki foydali bilimlar bilan o‘tkazmoqchimisiz?

Joriy yilning 24–31-avgust kunlari talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Bo‘stonliq tumanida “Karyera oromgohi 2025” nomli 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi tashkil etiladi!

Ushbu dastur 2 va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kasbga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mehnat bozoriga tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi.

Oromgohda sizni:

Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;
Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar kutmoqda.

Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

Ishtirok eting va yangi imkoniyatlar sari birinchi qadamni tashlang!

 

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.