
Universiteti

Joriy yilning 5-avgust kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:
Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor Madaminjon Mahkamov professor-o‘qituvchilarning ishdan bo‘shashiga oid arizalarni qabul qilish yoki bu masalalarda qaror qabul qilish vakolatiga ega emas.
Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar bilan mehnat munosabatlari amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi va bu boradagi qarorlar universitet rahbari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Mazkur masala yuzasidan xodimlarda savollar tug‘ilganda yoki rasmiy murojaat ehtiyoji vujudga kelganda Andijon davlat universiteti rektorining rasmiy @adurektori_bot manzili orqali murojaat qilishlari yoki belgilangan tartibda rektor qabuliga kirishlari so‘raladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI