Andijon Davlat
Universiteti
Talabalarni turar joy va ijara xonadonlari bilan ta’minlash bo‘yicha markaz o‘z faoliyatini boshladi
2025-08-06    292

Andijon davlat universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari doirasida, uzoq hududlardan kelgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, universitetda talabalar uchun maxsus “Turar joy va ijara xonadonlar bo‘yicha ma’lumot markazi” tashkil etildi.

Mazkur markaz talabalarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularning turar joy bilan bog‘liq ehtiyojlarini samarali hal etishga xizmat qilmoqda. Ma’lumot markazi orqali talabalar nafaqat universitet yotoqxonalariga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot olishlari, balki universitet hududiga yaqin joylashgan, xavfsiz va qulay ijara xonadonlarni topishda ham amaliy yordam olishlari mumkin.

Markaz xodimlari talabalarga turar joy shartlari, narxlari hamda joylashuv manzillari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etib, ular uchun eng maqbul variantni tanlashda yaqindan ko‘maklashmoqda. Shuningdek, markaz tomonidan talabalarning moliyaviy imkoniyatlari inobatga olingan holda, arzon va sifatli turar joy variantlarini taklif etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur markaz talabalarga vaqt va resurslarni tejab, qulay yashash joylarini tez va samarali topishga yordam beradi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.