Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish jarayonlari davom etmoqda
2025-08-01    151

2024/2025 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan Andijon davlat universiteti bitiruvchilariga bakalavriat mutaxassisliklari bo‘yicha diplomlar fakultetlar kesimida namunaviy tartibda topshirilmoqda. Jarayonlar universitetning ma’ruzalar zalida belgilangan tartib asosida tashkil etilib, bitiruvchilarga diplomlar o‘z vaqtida topshirilmoqda.

Har bir bitiruvchi uchun ushbu kun — yillar davomida sarflangan mehnatning mashaqqatli, ammo faxrli samarasi, shuningdek, yangi hayot bosqichining boshlanishi sifatida unutilmas xotiraga aylanadi.

Barcha bitiruvchilarimizni ushbu muhim yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz! Ularga kelgusi kasbiy faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, mustaqil hayot yo‘lida dadil va ishonchli qadamlar tashlashni tilaymiz!


Eslatma: Bitiruvchilar o‘z diplomlarini “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS” axborot platformasi (student.adu.uz) tizimining talaba hujjati boʻlimidan elektron shaklda olishlari mumkin.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.