Andijon Davlat
Universiteti
Prezident va nomli davlat stipendiyalariga da’vogar talabalar uchun O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi
2025-07-31    148

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga da’vogar bakalavr hamda magistrlar uchun tanlovning oliygoh bosqichidagi navbatdagi bosqich — O‘zbekiston tarixi fanidan imtihonlar o‘tkazildi.

Sinovlar stipendiya tanlovi tartibiga muvofiq, nomzodlarning O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim darajasini aniqlash, tarixiy voqealarni tahlil qilish va muloqot madaniyatiga oid ko‘nikmalarini baholashga qaratildi.

Mazkur tanlov yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, O‘zbekiston tarixiga oid chuqur bilimlarga ega, tashabbuskor va intellektual salohiyatli talabalarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.