
Universiteti

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga da’vogar talabalar uchun tanlovning oliygoh bosqichidagi navbatdagi muhim bosqich — chet tili (ingliz tili) fanidan imtihonlar tashkil etildi.
Mazkur sinovlar stipendiya tanlovi tartibiga muvofiq, nomzodlarning xorijiy tilni egallash darajasini aniqlash, muloqot madaniyati va mutaxassislikka oid matnlarni tahlil qila olish ko‘nikmalarini baholashga qaratildi.
Ushbu bosqichlar natijasi asosida eng munosib nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar. Mazkur tanlov yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bilimli, tashabbuskor va intellektual salohiyatga ega talabalarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI