Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida magistraturaning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
2025-07-26    96

2025/2026 o'quv yilida Andijon davlat universitetiga magistraturaning kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

Kechki ta’lim shakli uchun yangi o'quv yilida 21 ta mutaxassisliklar bo'yicha jami 114 ta kvota ajratildi. Shulardan oʻzbek tilli guruhlar uchun 110 ta, rus tilli guruhlar uchun 4 ta o'rin ajratildi.

Eslatib o'tamiz, oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlari davom etmoqda. Barcha talabgorlar o'zlarining One ID profili orqali my.edu.uz saytida ariza topshirishlari mumkin.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.