Andijon Davlat
Universiteti
Ichki ishlar boshqarmasi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Andijon davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi
2025-07-26    284

Andijon davlat universiteti reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirishga muhtoj shaxslar, xususan, ilgari ba’zi mojaroli hududlarda bo‘lgan va o‘z oilalari bilan birga qayta ijtimoiy hayotga moslashishda yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun profilaktik va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu jarayonda universitet ekstremizm, radikalizm va terrorizm xavfiga qarshi kurashishda, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda samarali psixologik, ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etmoqda.

Bugun, 26-iyul kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida ekstremal va ijtimoiy xavfli muhitda bo‘lgan shaxslarning oila a’zolari bilan maqsadli psixologik hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ularni jamiyatga qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish, ruhiy barqarorlikni mustahkamlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, o‘zaro axborot almashinuvi, muntazam uchrashuvlar va zarur maslahatlashuvlarni o‘tkazish, seminar-treninglar hamda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish orqali aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.