Andijon Davlat
Universiteti
Ta’til – imkoniyatlar fasli!
2025-07-24    82

Hurmatli talaba-yoshlar! Ta’tilni o‘zingiz uchun yana bir imkoniyat deb qabul qiling. Bu vaqtni nafaqat dam olish, balki shaxsiy rivojlanish va o‘z salomatligingizni mustahkamlash uchun ham samarali o‘tkazishingiz mumkin.

Quyidagi tavsiyalar bunga ko‘mak beradi:

1. Salomatlikka e’tibor bering.
Shifokor ko‘rigidan o‘ting, bezovta qilayotgan muammolarni hal qiling. Sog‘ tanda – sog‘lom aql, degan naqlni unutmang.

2. Ilmiy va badiiy kitoblarni mutolaa qiling.
Mutaxassisligingizga oid ilmiy kitoblar va maqolalar bilan tanishing. Ma’naviy ozuqa uchun esa badiiy adabiyotlardan foydalaning.

3. Atrofdagilarga mehr ulashing.
Mahallangizdagi ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zing. Bu nafaqat ularni, balki sizni ham quvontiradi.

4. Qiziqishlaringizni rivojlantiring.
Onlayn tanlov va kurslarda ishtirok eting. Bu sizning ijodkorlik salohiyatingizni oshiradi va yangi imkoniyatlarni kashf etishga yordam beradi.

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash orqali siz dam olish va foydali ishlar qilishga erishishingiz mumkin. Muhimi, vaqtni behuda o‘tkazmaslik va hayotda muvozanatni saqlashdir.

Sizga maroqli va samarali ta’til tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.