
Universiteti

1. Nafas ol va boshla!
Imtihonni ko‘rib dovdirab qolma. 3 marta chuqur nafas ol. Birinchi savoldan boshlab, navbati bilan harakat qil!
2. Avval osonini!
Tushunarli savollardan boshla. Qiyin savolga vaqt yo‘qotma – keyinga qoldir!
3. Vaqtni nazorat qil!
Har 10 ta savolga qancha vaqt ketayotganini kuzat. Soatga tez-tez qarama, lekin vaqtni his qil!
4. Shubha tug‘ilganda – birinchi fikringga ishon!
Ko‘p holatda birinchi javob to‘g‘ri bo‘ladi. O‘zgartirishdan oldin yaxshilab o‘yla!
5. Atrofdagilarni unut!
Yon-atrofdagilarni emas, faqat savollarni ko‘r. Diqqatingni faqat qog‘ozga jamla!
6. Tushunarsiz savolda to‘xtab qolma!
Bu "Bilmayman" deganing emas, uni vaqtincha qoldirding – bu strategiya. Ortga qaytib yechasan!
7. “Men qila olaman!” degan fikr bilan ishla!
Qo‘rquv emas, ishonch natija beradi. Har bir savolga “bu savol men uchun” deb yondash!
Esda tut: Imtihon – bu sinov emas, o‘z-o‘ziga isbotdir. Boshlaganing – yutganing demak!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI