
Universiteti

Bugun, 16-iyul kuni, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda ishtirokchilar "Qurol yig‘ish", “Arqon tortish”, “Kamondan o‘q uzish” va "Turnikda tortilish" kabi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy harakat, chaqqonlik va liderlik kabi ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoa viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqa yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyati kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI