Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali yosh iqtidorlar aniqlanmoqda
2025-07-16    56

Bugun, 16-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shaklida alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning to‘qqizinchi kuni o‘tkazilmoqda.

Bugungi kasbiy (ijodiy) imtihonlarda jami 144 nafar abituriyent sport faoliyati (boks) hamda adaptiv sport va jismoniy tarbiya yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etishi rejalashtirilgan. Imtihonlar ikki smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 18:00 gacha davom etadi.

Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun universitetning “Komplayens nazorat” tizimi — Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy monitoring amalga oshirilmoqda. Imtihon o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib, jarayonni live.adu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati taqdim etilgan.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun Andijon davlat universitetining birinchi ma’ruzalar zalida maxsus kutish xonasi tashkil etilgan. Ushbu xonada o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish mumkin. Bundan tashqari, imtihonlar davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida universitet hududida ichki ishlar organlari xodimlari va tibbiyot mutaxassislari jalb etilgan.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.