Andijon Davlat
Universiteti
“Registrator ofisi” faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh Andijon davlat universitetida bo‘ldi
2025-07-14    106

Ayni kunlarda Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyati samaradorligini o‘rganish maqsadida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Rasulov boshchiligidagi ishchi guruh xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 14-iyul kuni ishchi guruh vakillari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurib, mazkur oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan “Registrator ofisi”ning ish jarayonlarini bevosita o‘rgandi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida “Registrator ofisi” faoliyatining tashkiliy tuzilishi, hujjat aylanish jarayonlari, akademik ma’lumotlar bazasining yuritilishi, talabalar bilan ishlash amaliyoti hamda kredit-modul tizimidagi baholash mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

Ishchi guruh universitet rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot olib borib, tajriba almashdi hamda “Registrator ofisi” faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim jarayonida xizmat sifatini oshirish va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.