
Universiteti

Bugun, 14-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shaklida alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yettinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi kasbiy (ijodiy) imtihonlarda jami 172 nafar abituriyent sport faoliyati (boks), vokal san’ati (an’anaviy xonandalik), shuningdek, adaptiv sport va jismoniy tarbiya yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etishi rejalashtirilgan. Imtihonlar ikki smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 18:00 gacha davom etadi.
Imtihonlarning ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda mas’ul shaxslar tomonidan jarayonlar doimiy nazoratga olingan. Sinovlar o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, imtihon jarayonini real vaqt rejimida live.adu.uz veb-sayti orqali onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.
Abituriyentlarning ota-onalari uchun Andijon davlat universitetining birinchi ma’ruzalar zalida maxsus kutish xonasi tashkil etilgan. Ushbu xonada o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, imtihonlar davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida universitet hududida ichki ishlar organlari xodimlari va tibbiyot mutaxassislari jalb etilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI